
Tuxel Bellingem haqida: "Hech kimning o‘rni kafolatlanmagan"
"Real Madrid" yarim himoyachisi Jud Bellingem operatsiyadan so‘ng maydonga qaytganiga qaramay, Angliya terma jamoasi safidan o‘rin olmadi. U 9 oktyabr kuni Uelsga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida va 14 oktyabr Latviyaga qarshi Jahon chempionati–2026 saralash o‘yinida ishtirok etmaydi.
Angliya bosh murabbiyi Tomas Tuxel bu qaror haqida shunday dedi:
"Hech kim uchun 100 foizlik kafolatlar yo‘q. Biz eng yaxshi jamoani qurishga harakat qilyapmiz. Bellingem alohida o‘yinchi, shunday futbolchilar uchun alohida qoidalar bo‘lishi mumkinligini ham tushunaman. Ammo bu yig‘inda biz sodda yo‘lni tanladik — sentyabrda chaqirilgan futbolchilarni qayta chaqirishni. Bu Bellingemga ham taalluqli edi.
U hali "Real"da to‘liq o‘yin ritmiga kirishib ulgurgani yo‘q. Rostini aytsam, Bellingem bilan jamoa kuchliroqmi? Ha. U dunyodagi eng yaxshi yarim himoyachilardan biri emasmi? Ha. Ammo men avval ham aytgandim: agar Jud kabi futbolchi Jahon chempionati oldidan jarohat olsa, nima qilamiz? O‘yinlarni bekor qilamizmi? Chempionatga bormaymizmi? Bu jamoaviy sport turi", — dedi Tuxel.
Fikrlar