
Tuxel “Chelsi” rahbariyatiga tezda olinadigan uchta superyulduz ro‘yxatini berdi
“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel klub xo‘jayinlariga tez orada o‘z shogirdlari orasida ko‘rmoqchi bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini taqdim qildi.
Yozda “Inter”ning qimmatbaho hujumchisi Romelu Lukakuni xarid qilgan germaniyalik mutaxassisning oldingi chiziq vakillaridan ko‘ngli to‘lmayapti. Shu bois, Tuxel taklif qilinadigan eng muhim o‘yinchi sifatida “Borussiya” to‘purari Erling Xolandni belgiladi.
“Chelsi” bosh murabbiyi maydon markaziga “Leyptsig” yarim himoyachisi Dani Olmoni olib kelishni istayapti. Ispaniyalik iste’dod egasi “aristokratlar” jamoasida Mateo Kovachich yoki Ngolo Kantening o‘rnini egallaydi.
Nihoyat, himoyani mustahkamlash uchun Tomas Tuxel Jyul Kunde kerakligini ta’kidlamoqda. “Chelsi” rahbariyati “Sevilya”ning frantsiyalik himoyachisini olish uchun 60 million evro berishga tayyor.
Fikrlar