
Tuxel: Lukaku “tinchidi”, menga yangi hujumchi kerak!
“Chelsi” qishki transferlar vaqtida yuqori saviyali yangi to‘purar olmoqchi. Jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoa muvaffaqiyatga erishishi uchun yangi kuchlarga muhtoj ekanini ta’kidlamoqda.
Germaniyalik mutaxassisning xavotiri o‘rinli. “Chelsi” tarixidagi eng qimmat futbolchi – Romelu Lukakuning o‘yini pasayib ketdi. Qolaversa, Tuxel qo‘l ostida faqat ikkita hujumchi bor. Timo Verner ham ishonchli oqlamayapti va faqat bitta gol urgan xolos.
Tomas Tuxel barqaror va jarohatlarga chidamli hujumchi olishni istayapti. Hozircha, asosiy nomzod sifatida PSJ vakili Mauro Ikardi nishonga olingan. Argentinalik hujumchi Parij klubida hamyurti Lionel Messi bilan chiqisha olmayotgani uning Frantsiyani tark etishi bilan yakunlanishi kutilmoqda.
Fikrlar