
Tuxel Neymarsiz muhim bahs uchun qanday tarkib tanladi?
Frantsiya Liga 1 turnir jadlavida 16 ta uchrashuv o‘tkazgan "Lion" 36 ochko bilan etakchilik qilmoqda. "Lill" va PSJ klublari hisobida 15 tadan o‘yin bor va 31 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turgan Parij klubi 32 ochko jamg‘arib ulgurgan "Lill" maydoniga safar qiladi.
Shundan kelib chiqib, bugungi bellashuv ko‘p narsaga oydinlik kiritishi tabiiy. Qiziqarli kechishi kutilayotgan bahsning asosiy tarkiblari ma’lum bo‘lib ulgurdi.
"Lill" - Maynyan, Chelik, Fonte, Botman, Reynildo, Andre, Sumare, Bamba, Ikone, Yazichi, Yilmaz.
PSJ - Navas, Markinos, Kurzava, Kerer, Florentsi, Kimpembe, Guye, Veratti, Rafinya, Di Mariya, Kin.
Fikrlar