Tuxel “Real” futbolchisi transferini blokladi

  • 19.11.2021 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

El Nacional nashrining ma’lum qilishicha, “Chelsi” rahbariyati bosh murabbiy Tomas Tuxel talabiga ko‘ra “Real” va Ispaniya terma jamoasi pleymeykeri Iskoning transferidan voz kechdi.

Transferning barbod bo‘lishiga Iskoning o‘yin uslubi Tomas Tuxelga yoqmasligi sabab bo‘lgani aytilmoqda. Germaniyalik mutaxassis Iskoni individual harakat qilishga berilib, jamoviy o‘yinda foyda keltirmasligini ta’kidlamoqda.

“Real” 29 yoshli yarim himoyachidan tezroq qutilmoqchi va uni qishki transferlar davrida boshqa jamoaga o‘tkazib yuborishni mo‘ljallayapti. Madrid klubini boshqarayotgan Karlo Anchelotti tajribali o‘yinchiga imkon bermasligini ma’lum qilgan.

Iskoning amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi. Shu bois, klub mutasaddilari futbolchi erkin agentga aylanmasidan uni sotib yuborishga erishmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!