Tuxel sobiq shogirdini kutmoqda

  • 31.12.2021 09:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi” rahbariyati etakchi himoyachi Antonio Ryudigerni yangi bitimga ko‘ndira olmasligini tan oldi.

 Ayni paytda “shaharliklar” uning o‘rnini bosishga qodir himoyachilarni qidirish bilan ovora.

Bosh murabbiy Tomas Tuxel “Chelsi”ga PSJdagi sobiq shogirdi Presnel Kimpembeni olib kelishni rejalashtirmoqda. Germaniyalik mutaxassis klub xo‘jayinlaridan 26 yoshli himoyachini tezroq transfer qilishni so‘ragan.

Kimpembe joriy mavsumda Frantsiya chempionatida 15 ta uchrashuvda maydonga tushdi. 27 yoshli futbolchi 2015 yildan beri Parij klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Qizig‘i, bu o‘yinchi bor e’tiborini himoyalanishga qaratadi va etti yil davomida birorta gol urolmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!