Tuxel yana ikki futbolchisi jarohat olganini ma’lum qildi

  • 30 noyabr, 2021, 20:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel APL doirasidagi "Uotford"ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning aytishicha, Kovachich va Kante mazkur bahsni o‘tkazib yuboradi. 

Tecno

"O‘Z-o‘zidan Chiluell ushbu to‘qnashuvni o‘tkazib yuboradi. Qolaversa, biz bu uchrashuvda Kovachich va Kante xizmatidan ham foydalana olmaymiz. Ular jarohatidan to‘liq sog‘ayib ulgurmadi. Lukaku esa mashg‘ulotlarda ishlayapti va avvalgi darajasiga qaytmoqda", - dedi murabbiy. 

Eslatib o‘tamiz, "Uotford" va "Chelsi" o‘yini 2 dekabr kuni 00:30da start oladi. Ayni damda "ko‘klar" 30 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!