
Tuxelning yashirin rejasi fosh bo‘ldi
Mashhur jurnalist Fabritsio Romano “Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxelning zaxira rejasidan xabar topib, uni omma e’tiboriga havola etdi.
Ma’lumki, “Chelsi” yangi himoyachiga ehtiyoj sezmoqda. Londonliklar “Sevilya” vakili Jyul Kundega og‘iz solmoqda va yozda uni Angliya premer-ligasiga ko‘chirib kelmoqchi. Tuxelning ta’kidlashicha, frantsiyalik himoyachi “aristokratlar” o‘yinini kuchaytirishga qodir.
Shu bilan birga germaniyalik mutaxassis yana bir rejasini sir saqlamoqda. Manbaning ta’kidlashicha, Tuxelda Kundening o‘rniga boshqa futbolchini olish varianti ham bor.
Unga ko‘ra, “aristokratlar” ustozi “Bavariya” himoyachisi Niklas Zyulening ham mahoratini yuqrori baholab, uni Londonga chaqirishga tayyor.
Fikrlar