Tyuram: "Yamalni eng yaxshi futbolchi deb ayta olmayman"

  • 1 may, 18:35
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" hujumchi Markus Tyuram kechagi "Barselona"ga qarshi bellashuvdan so‘ng ispaniyalik yosh iste’dod egasi Lamin Yamal haqida gapirayotib, uning darajasiga baho berib o‘tdi. 
 
"Men Di Markoga yordam berganimni sababi, uning bir o‘zini Yamalga qarshi qoldirish bu juda xavfli hisoblanadi. Chunki Lamin birga-bir vaziyatda xohlagan futbolchisini aldab o‘tib keta oladigan qobiliyatga ega. Shu bois, men ham jamoadoshimga yordam berib, unga bu tabiiy holat ekanligini aytdim. 
 
So‘nggi kunlarda ko‘pchilik uni ayni damdagi eng yaxshi futbolchi deb atashmoqda. Biroq, men unday demagan bo‘lar edim. Hozirgi kundagi eng yaxshi futbolchilar - Kilian Mbappe va Usmon Dembele hisoblanadi. U balki uchinchi bo‘lishi mumkin" - deya ta’rif berib o‘tdi "nerazzurilar" hujumchisi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 17 yoshli vinger yagona golida Tyuramdan to‘pni olib qo‘ygan holda, jarima maydonchasi ichiga yorib kirib, o‘zining ayyorona zarbasi orqali hisobni qisqartirish muvaffaq bo‘lgan edi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!