
U-23 Osiyo kubogi saralashi. O‘zbekiston o‘ta yirik g‘alabasi evaziga 1-o‘ringa chiqib oldi (turnir jadvali)
23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi saralash bosqichi 1-turi doirasida O‘zbekiston - Afg‘oniston o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda vakillarimiz o‘ta yirik 8:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Hamyurtlarimiz safida gollarni Norchaev (xet-trik), Jaloliddinov (dubl), Davronov, Odilov va Hamraliev mualliflik qildi. Raqibning yagona goli Husayn Zamoni nomiga qayd etildi.
Mazkur o‘yindan so‘ng olimpiyachilarimiz turnir jadvalida to‘plar farqining yaxshiligi evaziga 1-o‘ringa chiqib oldi. Oldinda Gongkong va Eronga qarshi o‘yinlar kutib turibdi.
Fikrlar