U-23 Osiyo kubogi. Yarim final juftliklari bilan tanishing
Saudiya Arabistoni mezbonligida oʻtayotgan 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo kubogining chorak final bahslari oʻz nihoyasiga yetdi.
Bugun boʻlib oʻtgan oʻyinlarda Oʻzbekiston U-21 terma jamoasi Xitoyga penaltilar seriyasida magʻlub boʻldi. Shuningdek, Janubiy Koreya Avstraliyani 2:1 hisobida taslim qildi.
Shu tariqa, yarim finalga Vyetnam, Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya yoʻl oldi. Quyida juftliklar bilan tanishing:
Vyetnam U-23 — Xitoy U-23
Yaponiya U-23 — Janubiy Koreya U-23
Maʼlumot uchun, ushbu bellashuvlar 20 yanvar kuni boʻlib oʻtadi.
Fikrlar