U-23 Osiyo kubogiga qur’a tashlash sanasi ma’lum

  • 11.09.2025 12:40
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Osiyo futbol konfederatsiyasi 2026 yilning 7–25 yanvar kunlari Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan U-23 Osiyo kubogi final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘yicha ma’lumot taqdim etdi. Unga ko‘ra mazkur tadbir 2025 yilning 2 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tadi.

Qur’ada jamoalar 4 ta savatchaga ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi 1-savatchadan o‘rin olgan:

1-savatcha
 Saudiya Arabistoni (musobaqa mezboni)
 O‘zbekiston
 Yaponiya
 Iroq

 2-savatcha
 Koreya Respublikasi
 Vetnam
 Avstraliya
 Qatar

 3-savatcha
 Tailand
 Iordaniya
 BAA
 Eron

 4-savatcha
 Xitoy
 Suriya
 Qirg‘iz Respublikasi
 Livan

Ma’lumot o‘rnida, OFK jamoalarni savatchalarga ajratishda so‘nggi uchta Osiyo kubogida (Tailand-2020, O‘zbekiston-2022 va Qatar-2024) erishilgan natijalarni hisobga olgan.

Mazkur musobaqa guruh bosqichi, chorak final, yarim final, 3-o‘rin uchun va final uchrashuvlaridan iborat bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!