
U "Manchester Yunayted"dan ketmoqchi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Antoni Marsiyalning agenti Filipp Lamboli ochiqchasiga mijozining qishda jamoasini o‘zgartirish istagi borligini aytdi.
"Entoni yanvarda boshqa klubga ketmoqchi. U o‘ynashi kerak. U qolishni istamayapti, men bu masalani tez orada rahbariyat bilan muhokama qilaman", - dedi agent.
26 yoshli frantsiyalik futbolchining “qizil iblislar” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar imzolangan. Uning ayni damdagi transfer qiymati esa 35 million evroni tashkil qiladi.
Joriy mavsumda Marsiyal “Manchester Yunayted” safida jami 10ta o‘yin o‘tkazib, 1ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar