
U Messi va Ronaldudan yaxshiroq
Belgiyalik hujumchi Romelu Lukaku hozirda faoliyatini davom ettirayotgan va 28 yoshgacha terma jamoa safida eng ko‘p gol urgan futbolchilar orasida peshqadamlik qilmoqda.
27 yoshli Lukaku shu kungacha Belgiya terma jamoasida naqd 55 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu borada kuchli uchlikdan Lionel Messi (46 gol) va Krishtianu Ronaldu (37 gol) joy olgan.
Lukaku Belgiya terma jamoasida 2010 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 89 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar