
U Ronaldudan ko‘ra Grinvudni afzal ko‘rdi
"Qizil iblislar"ning sobiq futbolchisi Jeymi Karrager "Manchester Yunayted" va "Liverpul" futbolchilaridan iborat terma jamoa tuzib, unga Krishtianu Ronalduni qo‘shmadi. Bunga uning o‘zi shunday izoh berdi:
"Qanday qilib Ronaldu kabi afsonani bu jamoaga kiritmadim? Sababi, men bugungi kun haqida gapirmoqdaman. Men ayni damda Grinvudni tanlagan bo‘lar edim.
Firmino o‘tgan hafta "Liverpul" safida xet-trik qayd etdi va juda yaxshi o‘ynadi. Biroq o‘tgan mavsum va bu mavsumda Meyson superyulduzga aylandi. Unga joy topishim kerak edi", - dedi Karrager "Sky Sports" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, u tuzgan ramziy jamoadan Alisson, Trent Aleksander-Arnold, Joel Matip, Virjil van Deyk, Endryu Robertson, Jordan Xenderson, Fabino, Brunu Fernandesh, Muhammad Saloh, Sadio Mane va Meyson Grinvud o‘rin egallagan.
Fikrlar