Uch va to‘rt vazndagi jahon chempionlari tarozidan o‘tdilar. Ertaga jang!

  • 30 dekabr, 2020, 15:45
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Profescional boksning super o‘ta engil vazn toifasida (52.2 kg) WBO chempioni hisoblangan yaponiyalik Kazuto Loka 31 dekabr kuni o‘zining navbatdagi himoya jangini o‘tkazadi. Unga o‘z hamyurti majburiy da’vogar Kosei Tanaka raqiblik qiladi. Jang oldidan bokschilar vazn me’yorini bajardilar.

Tecno

Kazuto Loka (25-2, 14 KO) to‘rt vaznda ( 47.6 kg, 48.9 kg, 50.8 kg, 52.1 kg) jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.

Kosei Tanaka esa 25 yosh bo‘lib, (15-0, 9 KO) natija bilan 3 vaznda jahon chempioni hisoblanadi. Ya’ni, Loka birma-bir chempion bo‘lib, 4 vazn tepaga ko‘targan, Tanaka esa huddi o‘sha vaznlarni 3 tasida (47.6 kg, 48.9 kg, 50.8 kg) chempion bo‘lgan. Endi esa u yana vaznini ko‘tarib, Lokani ham mag‘lub etsa, u ham 4 vaznda jahon chempioni degan nomga sazovor bo‘ladi. Bu jangga jahon boks ommasining qiziqishi juda yuqori.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!