Uchinchi bor “Real”ga qaytmayman!

  • 23 aprel, 2023, 21:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati bosh murabbiy Karlo Anchelotti o‘rniga boshqa mutaxassis qidirayotgani haqidagi xabarlar tobora ko‘payib bormoqda.

Tecno

Madridga kelishi kutilayotgan murabbiylar orasida ishsiz yurgan Zinedin Zidan nomi ham zikr etilmoqda. Frantsiyalik mutaxassis bungacha jamoani ikki marotaba muvaffaqiyatli boshqargan. Uning qo‘l ostida “Real” uch marotaba Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.

Biroq, Zinedin Zidan “Real”ga uchinchi marotaba qaytish niyati yo‘qligini ma’lum qildi. Bu haqida RMC Sport nashri xabar tarqatdi.

Ayrim manbalarning ta’kidlashicha, Zinedin Zidan “Yuventus”ni boshqarishga qiziqayotgan ekan. Frantsiyalik mutaxassis futbolchilik davrida xuddi “Real”da bo‘lgani kabi “Yuventus”da ham qator sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!