
Uchta grand “Real” tarbiyalagan futbolchini talashyapti
“Jirona”da o‘ynayotgan Migel Guterres faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
CaughtOffside nashrining ma’lum qilishicha, ispaniyalik futbolchiga “Liverpul”, “Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” da’vogarlik qilmoqda. Manbaga ko‘ra, Xosep Gvardiola boshqa himoyachilarni ham kuzatib bormoqda.
Migel Guterres – “Real” akademiyasidan chiqqan. Asosiy tarkibga kira olmagan o‘yinchi 2022 yili “Jirona” taklifini qabul qildi.
Joriy mavsumda jami 24 ta uchrashuvda ishtirok etgan Migel himoyadagi ishlarini uddalash barobarida bir juft gol va beshta assist muallifi ham bo‘ldi.
Transfermarkt portali iste’dodli o‘yinchini 25 million evroga baholamoqda.
Fikrlar