UEFA "Benfika" - "Real" oʻyinidagi Vinisius bilan bogʻliq vaziyatni oʻrganishni boshlaydi

  • 18.02.2026 10:50
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi Chempionlar ligasi pley-off bosqichi 1-turidan o‘rin olgan "Benfika" - "Real" (0:1) o‘yinida yuz bergan holat bo‘yicha intizomiy tergov boshladi. Bunga Vinisius Zhuniorga nisbatan irqchilik haqoratlari ayblovlari sabab bo‘lgan. Bu haqida Madrid Universal xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, UEFA voqeaning barcha ishtirokchilari, jumladan, o‘yindan keyin Lissabon klubi yarim himoyachisi Janluka Prestiani irqchilikka yo‘l qo‘yganini ochiqchasiga aytgan Kilian Mbappe bilan ham so‘rov o‘tkazmoqchi. Dalillar bo‘lmagan taqdirda, sanktsiyalar qo‘llanilmaydi.

Lissabondagi o‘yin 1:0 hisobida madridliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi va uning taqdirini Vinisiusning goli hal qildi. Ikkinchi bo‘limda braziliyalik vinger hakam Fransua Leteksega murojaat qilganidan keyin o‘yin deyarli to‘qqiz daqiqaga to‘xtatildi. Javob uchrashuvi 25 fevral kuni "Santyago Bernabeu"da bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!