UEFA o‘tgan mavsumning eng yaxshilarini aniqlash borasida so‘rovnoma boshladi

  • 19 avgust, 2021, 22:01
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA o‘tgan mavsum Evropa yashil maydonlarida o‘zini ko‘rsatgan eng yaxshilarni aniqlashni boshladi.

Eng yaxshi murabbiy sovriniga "Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola, "Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel hamda Italiya terma jamoasi boshqaruvidagi Roberto Manchini da’vogarlar safida e’tirof etildi.

Shuningdek, "shaharliklar" vakili Kevin de Bryuyne va "aristokratlar"ning ikki nafar a’zosi Kante bilan Jorjino eng yaxshi futbolchi nominatsiyasi uchun kurashmoqda.

Qiziqarli tomoni shundaki, bu mavsum "Oltin to‘p" uchun asosiy da’vogar Robert Levandovski kuchli uchlikka kiritilmadi. G‘oliblar 26 avgust kuni e’lon qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!