
UEFA prezidenti EChL qur’asida yo‘l qo‘yilgan xatolik haqida gapirdi
Hafta boshida UEFA texnik xato tufayli Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichiga qur’a tashlashni qayta o‘tkazdi. Bu voqeaga tashkilot prezidenti Aleksandr Cheferin o‘z munosabatini bildirdi.
"Dasturiy ta’minotda muammo yuzaga keldi. Bu UEFAning aybi. Biz buni tushunamiz. Shuning uchun kompyuter texnologiyalariga ko‘p ham ishonish kerak emas", - dedi dedi Cheferin OAV vakillariga sodir bo‘lgan voqea uchun uzr so‘rab.
Chempionlar ligasining pley-off bosqichi fevral oyi o‘rtalarida boshlanadi.
Fikrlar