UEFA yana bir jiddiy o‘zgarishga qo‘l urmoqchi

  • 9 mart, 2022, 18:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

UEFA futbol bo‘yicha Evropa chempionati ishtirokchilari sonini 32 taga etkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 2028 yildan boshlab turnir qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilishi taxmin qilinmoqda. Katta ehtimol bilan Buyuk Britaniya va Irlandiya kengaytirilgan musobaqaga birinchi bo‘lib mezbonlik qiladi.

Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi (PFA) Evroda ishtirokchilar sonining kengayishiga qarshi chiqdi. Tashkilotning fikricha, bunday o‘zgarishlar turnir sifatiga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yildan buyon Evropa chempionatining final bosqichida 24 ta terma jamoa ishtirok etib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Аббосхон Ахмедов
10/03/2022 08:55
Ирландия умуман фудболдан четлаштирилган ва фудбол уйнамас эдику