UEFAga 5 kun muhlat berildi

  • 21 sentabr, 2021, 14:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sudya Manuel Ruis de Lara Superliga asoschilari hisoblangan klublarga nisbatan sanktsiyalarni bekor qilish va bu haqda rasmiy saytida e’lon qilish uchun UEFAga 5 kun muhlat berdi.

Yuqoridagi talab bajarilmagan taqdirda, UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin "jinoiy itoatsizlik" uchun javobgarlikka tortiladi.

Madrid tijorat sudi o‘z bayonotida "UEFA Evropa Ittifoqida professional futbol musobaqalarini tashkil etish uchun tegishli bozorda erkin raqobat tamoyiliga putur etkazadigan amaliyotlarni ochiq targ‘ib qilib, qonundan tashqari harakat qilmoqda", deya ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Superliga g‘oyasini 12 ta klub qo‘llab-quvvatlagan edi. Bular: "Real Madrid", "Barselona", "Atletiko", "Manchester Yunayted", "Manchester Siti", "Liverpul", "Chelsi", "Arsenal", "Tottenxem", "Yuventus", "Milan" va "Inter".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!