UFC 247ning eng yaxshi jangi va mukofot pullari ma’lum bo‘ldi
UFC tashkiloti Xyustonda bo‘lib o‘tgan turnirning eng yaxshi janglarini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxatdan 3 ta jang o‘rin oldi.
Trevin Jayls va Jeyms Kraus o‘rtasida kechgan jangda Jayls hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alabani qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Kalinn Uilyams Aleks Moronni 27-soniyada nokautga uchratdi va Mario Bautista esa Mayls Jonsni ikkinchi raundda engdi.
Uchchala jangning g‘oliblari eng yaxshi jang uchun beriladigan mukofot pullarini qo‘lga kiritdi va 50 ming dollardan bonusga ega bo‘lishdi.

Fikrlar