
"UFC 303" matbuot anjumani noma’lum muddatga qoldirildi
UFC Irlandiyada bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumanini boshqa vaqtga ko‘chirdi.
“Bugunga rejalashtirilgan "UFC 303" matbuot anjumani noma’lum muddatga qadar qoldirildi.
Tadbirga tashrif buyurishni rejalashtirgan barcha muxlislardan chin dildan uzr so‘raymiz. Yangi sana va vaqt haqida qo‘shimcha ma’lumotga ega bo‘lishimiz bilan biz uni darhol baham ko‘ramiz. Rahmat”, — deyiladi promoushen rasmiy bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, bugun Dublinda "UFC 303"ga bag‘ishlangan matbuot anjumani rejalashtirilgan edi, turnirning asosiy jangida Konor Makgregor va Maykl Chandler jang qiladi. Turnir 30 iyunga belgilangan.
Fikrlar