
"UFC 304" turniridan kim qancha bonus oldi yoxud Dana Uayt nimadan norozi?
Manchester shahrida o‘tkazilgan "UFC 304" musobaqasi yakunlandi. An’anaga ko‘ra, turnirdan so‘ng jangchilarga bonuslar berildi. Shunday qilib, Tom Aspinall va Maykl Parkin 100 000 dollardan olishdi. Peddi Pimblett g‘alabasi uchun 200 000 dollorga ega bo‘ldi.
UFC bosh direktori Dana Uayt bonuslarni e’lon qilar ekan, o‘z e’tirozlarini ham bildirib o‘tdi:
“Ushbu turnirda ishtirok etgan barchaga rahmat. Ammo men bir narsadan noroziman. Hech kim qo‘lidan kelganicha qattiq kurashmadi. Hech kim erta g‘alabaga intilmadi. Ketma-ket etti jang – hakamlarning qarori bilan tugadi", – dedi Dana Uayt.
Fikrlar