UFC Makgregorga bag‘ishlangan jang oqshomining matbuot anjumanini noma’lum muddatga qoldirdi

CHERY AUTO

UFC promouterlik kompaniyasi Dublinda (Irlandiya) Toshkent vaqti bilan 29 iyundan 30 iyunga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan UFC 303 raqamli turniriga bag‘ishlangan matbuot anjumani qoldirilishi haqida e’lon qildi. Sport musobaqasining asosiy bahsida irlandiyalik Konor Makgregor va amerikalik Maykl Chandler o‘rtasidagi jang rejalashtirilgan.

Tecno

“Hurmatli UFC muxlislari! Dublinda 3 iyun, dushanba kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan UFC 303 matbuot anjumani keyingi ogohlantirishgacha qoldirildi. Ushbu tadbirga tashrif buyurishni rejalashtirgan barcha muxlislardan chin dildan uzr so‘raymiz. Anjumanning yangi sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumotga ega bo‘lishimiz bilan darhol e’lon qilamiz. Rahmat”, - deyiladi liga rahbari Dana Uayt o‘z bayonotida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!