UFC muxlislari uchun ajoyib yangilik

  • 05.05.2020 12:10
  • 0
  • MMA

Xabaringiz bor, 10 may kuni aralash jang san’ati muxlislari sabrsizlik bilan kutayotgan, ko‘p sonli jangchilar ishtirokidagi "UFC249" musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Tomoshabinlarning katta qiziqishi va murojaatini inobatga olgan holda, "UzReport TV" ushbu musobaqani O‘zbekistonda translyatsiya qilish huquqini xarid qildi. Bu haqda telekanal rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Turnir 9 may kuni kechqurun AQShning Florida shtatidagi Jeksonvildagi "VyStar Veterans Memorial Arena" majmuasida bo‘lib o‘tadi. Biroq, mintaqalar o‘rtasidagi vaqt tafovuti tufayli O‘zbekistonda translyatsiya 10 may kuni ertalab soat 05:00 da boshlanadi.

Kun tartibidan 12 ta jang o‘rin olgan. Shulardan ikkitasi - Toni Fergyuson va Jastin Getji, shuningdek Genri Sehudo va Dominik Kruz o‘rtasidagi janglar titul janglari hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!