UFC Oq Uydagi turnirga bir milliard tomoshabin jalb etmoqchi
Dunyoning eng kuchli MMA ligasi Oq Uyda bo‘lib o‘tadigan UFC turnirini bir milliard kishi tomosha qilishiga umid qilmoqda. Bu haqida Vashingtonda bo‘lib o‘tgan qo‘shma matbuot anjumanida AQSh davlat kotibi Marko Rubio xabar berdi.
"Butun dunyo bo‘ylab milliardlab odamlar Amerika o‘zining 250 yilligini Oq Uy fonida nishonlayotgani va dunyoning eng yaxshi sportchilaridan ba'zilari ushbu oktagonda jang qilayotganini tomosha qiladi.
Prezident Kennedi biz odamni Oyga jo‘natamiz va uni Yerga eson-omon qaytaramiz deb e'lon qilganida, hech kim ishonmagandi. Lekin biz buni uddaladik.
Biz hech kim jur'at etmagan va hech kim intilmagan ishni bajarishga intiluvchi millatmiz va qaysidir ma'noda UFC ham shunday" - dedi Rubio.
Ma'lumot uchun, 15 iyun kuni o‘tkaziladigan turnir kardi yettita jangdan iborat bo‘lib, ulardan ikkitasi chempionlik maqomiga ega.

Fikrlar