
UFC shifokorining Konor MakGregor holati borasidagi fikri qanday?
UFC prezidenti Dana Uayt Konor MakGregorning Donald Serrone bilan jangga tayyorligi haqida gapirdi.
"Biz Konor bilan hali ko‘rishmadik, ammo yozishib turibmiz. U ajoyib formada ekanligini eshitdim.
Shifokorimizning aytishicha, Konorning jismoniy holati eng yuqori darajaga etgan. U mukammal tartibga amal qilganga o‘xshaydi.
Ishonchim komil, jangchi faoliyatida uzoq tanaffus yuzaga kelsa u “zanglab qoladi”. Tez orada u bunday vaziyatda jismoniy holatini qanday saqlab qolganligiga amin bo‘lamiz.
Bo‘lajak jang juda qiziqarli bo‘ladi. Konor u 170 funt (77 kg) vazn toifasida atigi ikki marta jang qilgan. U bu vaznda bir marta g‘alaba qozongan va bitta yutqazgan “, - dedi Uayt.
Konor - Cerrone jangi 18 yanvar kuni Las-Vegasdagi UFC 246 turniri doirasida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar