Uittaker: "G‘alaba yo‘liga qaytishni istayman"
O‘rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Robert Uittaker(24-6) 17 fevral kuni Anaxaymdagi "UFC 298" turnirida bo‘lib o‘tadigan Paulo Kosta(14-2) bilan bo‘lajak jang oldidan kayfiyati haqida gapirdi.
“Paulo kuchli yigit. U jismonan baquvvat va kuchli zarbalarga ega. Lekin men navbatdagi jangimda uni yanchib tashlash uchun harakat qilaman va shu orqali g‘alaba yo‘liga qaytishni istayman”, – dedi Uittaker Middle Easy nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar