Ular Chempionlar ligasi bosh sorvini uchun kurashni davom ettiradi
«Ko‘hna qit’a»ning eng nufuzli turnirida guruh bahslaridan pley-off bosqichiga chiqqan jamoalar soni 12 taga etdi. Sakkizta guruhdan to‘rttasida so‘nggi tur uchrashuvlari o‘tkazildi.
Unga ko‘ra, «Manchester Siti», «PSJ», «Liverpul», «Atletiko», «Ayaks», «Sporting», «Real», «Inter», «Bavariya», «Manchester Yunayted», «Chelsi» va «Yuventus» pley-offda bosh sovrin uchun kurashni davom ettiradi.
Bugun qolgan sakkizta guruhda oxirgi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Chempionlar ligasi pley-offiga chiqqan jamoalarning 1/8 final uchun qur’a tashlash marosimi 13 dekabr kuni UEFAning Non shahridagi qarorgohida bo‘lib o‘tadi. Nichorak final uchrashuvlari 15-16 va 22-23 fevralga belgilangan.

Fikrlar