
Ular EChLda o‘zini «suvdagi baliqdek» his etadi! Turnir tarixidagi to‘purarlarni yodga olamiz
SPORTS.uz Evropa chempionlar ligasidagi eng ko‘p gol kiritgan futbolchilar haqidagi qiziqarli faktlarni e’tiboringizga havola etadi.
- Krishtianu Ronaldu (MYu, «Real», «Yuventus») — 135 gol
- Lionel Messi («Barselona») — 119 gol
Musobaqa tarixida faqat ikki futbolchigina 100+ natija qayd etgan. Sezganingizdek, gap Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi haqida bormoqda. Hozircha, Krish azaliy raqibidan 16 gol oldinda bormoqda. «Barselona»ning ahvolini inobatga olsak, Leo hali-beri Ronalduga eta olmasligi aniq. Shunga qaramay, bir klub safida kiritgan gollar bobida Messi mutlaq etakchi. U turnirdagi 119 golining barchasini «ko‘k-anorranglilar» safida nishonlagan.
- Robert Levandovski («Borussiya Dortmund», «Bavariya») — 72 gol
«Latsio»ga qarshi o‘yinda ulkan voqea sodir bo‘ldi. Polyak o‘zining EChLdagi 72-golini kiritdi va afsonaviy Raulni jadvalda quvib o‘tdi. Endi u klublar o‘rtasidagi eng nufuzli musobaqaning eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida kuchli uchlikda! To‘g‘ri, u yuqoridagi o‘rinni egallagan ikki futbolchini quvib o‘ta olmaydi, ammo «erliklar» orasida birinchi bo‘lishni uddaladi!
- Raul («Real», «Shalke») — 71 gol
«Real»ning tirik afsonasi naqd 8 yil davomida musobaqa tarixidagi eng yaxshi strayker maqomini o‘zida saqlab turdi. 2006 yilda Alfredo Di Stifanodan rekordni «tortib olgan» hujumchini 2014 yilda Leo Messi ikkinchi pog‘onaga tushirib yubordi. Keyin Ronaldu undan o‘zib ketgan bo‘lsa, yaqinda Robert Levandovski kuchli uchlikdan chiqarib yubordi.
- Karim Benzema («Lion», «Real») — 69 golov
Katta ehtimol bilan Raulni boshqa bir «Real» futbolchisi ortda qoldiradi. Karim 2009/10 yilgi mavsumdan boshlab, «Qirollik klubi»ning asosiy hujumchisi. Agar Zayniddin Zidan o‘z postida qolsa, Benzema joriy mavsumning o‘zidayoq ispaniyalik hujumchini 5-o‘ringa «ravona» qiladi.
- Rud van Nistelroy (PSV, MYu, «Real») — 56 gol
- Terri Anri («Monako», «Arsenal», «Barselona») — 50 gol
- Alfredo Di Stefano («Real») — 49 gol
Turnirda eng ko‘p gol kiritgan 10 futbolchining yarmi Madrid super klubi a’zosi bo‘lgan. Ronaldu, Raul, Benzema, Van Nistelroy va Di Stefano! Bu borada keyingi o‘rinda «Barselona» bormoqda. Ushbu klub a’zolaridan Messi, Anri va Ibrahimovichlarning bunda hissasi ulkan.
9-10. Zlatan Ibrahimovich («Ayaks», «Yuventus», «Inter», «Barselona», «Milan», PSJ) — 48 gol
Vaqtni quvib o‘tgan hujumchi EChLda turli klublarda to‘p surish bobida mutlaq etakchi. Boz ustiga, Zlatandan boshqa hech kim musobaqada 6 hil jamoa tarkibida gol kiritmagan. Ibra bu borada chinakam universal.
9-10. Andrey Shevchenko («Dinamo Kiev», «Milan», «Chelsi») — 48 gol
Ukrainalik hujumchi o‘zining musobaqadagi ilk golini «Dinamo» Kiev safida nishonlagan edi. Keyin «Milan»da o‘z muvaffaqiyatini davom ettirdi. 2003 yilda «oltin to‘p» egasiga aylandi.
Edni e’tiboringizga, ayni damda faoliyatini olib borayotgan taniqli futbolchilarni ushbu ro‘yxatda egallagan o‘rni haqida ma’lumotlarni taqdim etamiz.
- Tomas Myuller («Bavariya») — 47 golov
Tinib-tinchimisan nemis tez orada "top-10"dan o‘rin egallaydi. Uni 7-pog‘onadagi Terri Anridan atigi 3 gol ajratib turibdi. Aslida Myuller allaqachon kuchli o‘nlikda bo‘lishi mumkin edi, ammo Rimdagi o‘yin oldidan COVID-19 yuqtirib oldi. Shunga qaramay, Myullerda imkoniyat juda ham yaxshi. Hozirgi «Bavariya» istagan raqib darvozasini bir necha bor ishg‘ol qilishga qodir!
- Neymar («Barselona», PSJ) — 41 gol
- Serxio Aguero («Atletiko», «Manchester Siti») — 41 gol
Neymar 29 yoshni «urib» qo‘ydi. Unda hali vaqt va imkoniyat bor. To‘g‘ri, Ronaldu va Messiga yaqinlasha olmaydi, ammo kuchli beshlikdan o‘rin olishi mumkin. O‘zga sayyoralik ikki futbolchidan so‘ng, mutaxassislar Neymarning erasi boshlanishini taxmin qilgan edi. Bugungi kunda Kilian Mbappe va Erling Xoland bu taxminlar xato ekanligini isbotlab bo‘ldi.
33-34. Luis Suares («Liverpul», «Barselona») — 26 gol
33-34. Muhammad Saloh («Bazel», «Roma», «Liverpul») — 26 gol
- Antuan Grizmann («Atletiko», «Barselona») — 25 gol
So‘nggi yillarda Luis Suares EChLning mehmondagi o‘yinlarida gol kiritmay qo‘ydi. Shu bois, uning statistikasi anchagina kamtarin. Hozircha, urugvaylik futbolchi «Atletiko» uchun EChLda gol kiritgani yo‘q. «Chelsi»ga qarshi javob uchrashuvida Suaresning goli hozir har qachongidanda kerakliroq! Uni quvib kelayotgan Saloh va Grizmannda imkoniyat yaxshiroq. Ular hech bo‘lmaganda kuchli o‘nlikdan o‘rin egallash uchun kurash olib boradi.
- Kilian Mbappe («Monako», PSJ) — 24 gola
Yaqindagina «Barselona»ni «Kamp Nou»ga «ko‘mgan» yigit bir nechta zamonimizdagi forvardlardan o‘zib ketdi. Kilian Mario Manjukich, Garret Beyl, Fernando Torres, Nikola Anelka, Xarri Keyn, Romario va Marko Van Bastenni ortda qoldirmoqda.
Hozirda to‘purarlar poygasini boshqarib kelayotgan Ronaldu 22 yoshda o‘zining EChLdagi ilk golini nishonlagan edi. Mbappe allaqachon 24 bor raqib darvozabonlarini ranjitishga ulgurdi. Bu tempni yo‘qotmasa, qahramonimiz 1-o‘rin uchun asosiy da’vogarga aylanadi.
- Erling Xoland («Zaltsburg», «RB Leyptsig») — 18 gol
Kilian singari katta futbolga erta kirib kelgan Erling xam katta tempda yuqoriga qarab odimlamoqda. 20 yoshli yigitcha hisobida 18 gol mavjud. Eng qizig‘i shundaki, bu gollarni kiritish uchun atigi 13 ta o‘yin kerak bo‘ldi xolos. Hozirning o‘zida Xoland bir nechta futbol afsonalaridan oldinga chiqib oldi. Ronaldo, Franchesko Totti, Xalk, Mishel Platini va Ugo Sanches shular jumlasidan.
Fikrlar