Ulug‘bek Baqoev o‘zi to‘g‘risida tarqalgan xabarlarga izoh berdi
Oliy liganing so‘nggi turida “Buxoro” "So‘g‘diyonaga"ga qarshi bahs olib bordi va 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. O‘yindan so‘ng mezbonlar ustozi Ulug‘bek Baqoev o‘z fikrlarini aytib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
- "Co‘g‘diyona" bilan kechgan o‘yin hakida unchalik batafsil gapirmoqchi emasman. Xavo sovuganiga qaramay yigitlarimiz bo‘sh kelishmadi va bizga kerakli g‘alabani keltirishdi. Shu yilgi mavsum juda qiyin va turli xodisalarga boy bo‘ldi deb hisoblayman. Avvalo 2017 yil chempionatda muvaffaqiyatli ishtirok etdik deb ayta olaman. "Buxoro" futbol jamoasini 2017 yil O‘zbekiston chempionatida qatnashishini ta’minlagan barcha jamoa raxbarlariga, murabbiylar shtabi, jamoa o‘yinchilari va muxlislariga alohida raxmat deyman va o‘z minatdorchiligimni bildiraman. Men o‘zim Buxoroda tug‘ilib, o‘sib ulg‘ayib, shu zaminda futbol o‘ynashni boshlaganman. Shuning uchun kelgusi mavsumda jamoa tarkibini kuchaytirib yaxshi tayyorgarliklar ko‘rib, butun Buxoro halqini 2018 yilda bundanda yuqori natijalar bilan hushnud etishga astoydil harakat qilamiz. Shuni aytib o‘tishim joizki, mavsum oxirlashiga qarab bizning jamoa va men haqimda aniq bo‘lmagan gaplar ko‘p bo‘lyapti. Bunaqa gaplarga aniq ma’lumot berilmasdan turib, barcha muxlislardan bularga ishonmasliklarini so‘raymiz. Aniq yangiliklar va ma’lumotlarni “Buxoro” jamoasi rasmiy saytida e’lon qilishadi. Shu tarzda biz to‘g‘rimizda aniq malumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin. Barchaga rahmat, – deya fikrlarini yakunladi Ulug‘bek Baqoev.

Fikrlar