Ulug‘bek Rashitov keyingi bosqichda

  • 8 avgust, 2024, 13:50
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Olimpizm
TIGGO 2 PRO

Ulug‘bek Rashitov chempionlikni himoya qilishga kirishdi.

Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Ulug‘bek Rashitov taekvondochilarimizning Pari-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi muvaffaqiyatli yurishini boshlab berdi. -68 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan sportchimiz reytingdagi yuqori o‘rni sabab birinchi davradan erkin o‘tdi. Ikkinchi bosqichda unga gonkonglik Lo Vai Fung raqiblik qildi. Gonkonglik taekvondochidan har tomonlama yaqqol ajralib turgan hamyurtimiz 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi.

Ulug‘bek endilikda chorak final bosqichida xitoylik Liang Yushuay bilan to‘qnash keladi. Bellashuv 17:40 dan so‘ng boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!