Umar Nurmagomedov Merab Dvalashvilini to‘xtata oladimi? Kori Sendxagen javob berdi!

  • 20 sentabr, 2024, 15:31
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Kori Sendxagen Umar Nurmagomedovni yangi UFC chempioni Merab Dvalishvili bilan taqqosladi. 

Umar "stoyka"da Merabga qaraganda ancha yaxshi. To‘g‘ri, O" Melli haqida ham shunday fikr yuritish mumkin. Menimcha, yana bir narsa muhimroq: Umar Dvalishvilining kurashiga qarshilik qila oladimi? Men bu masalaga ehtiyotkorlik bilan yondoshaman. To‘g‘ri, Umar ajoyib kurashchi, lekin Merab o‘ta engil (61,2 kg) vazn toifasidagi eng kuchli kurash ustasi sanaladi. Dvalishvilining kurash borasida Umardan biroz ustunligi bor, degan fikrdaman”,-dedi Sendxagen.

Eslatib o‘tamiz, Kori Sendxagen so‘ngi jangida aynan Umar Nurmagomedovga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!