Umar Nurmagomedovning keyingi jangi tasdiqlandi
25 iyul kuni BAA da "UFC Abu Dabhi" turniri bo‘lib o‘tadi.
E’tiborlisi, unda taniqli MMA ustasi Umar Nurmagomedov (20-1) ham ishtirok etib, meksikalik Devid Martinez(14-1)ga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Ma’lumot uchun, ushbu oqshomning markaziy to‘qnashuvida yana bir rossiyalik Magomed Ankalaev va AQSh vakili Xalil Rauntri o‘zaro jang qilishi belgilangan.

Fikrlar