
Uni Shotlandiyada kutishyapti
“Manchester Siti” klubi darvozaboni Klaudio Bravo faoliyatini Shotlandiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
The Times Chile nashrining yozishicha, 37 yoshli chililik posbonni mamlakatning amaldagi chempioni – “Seltik” o‘z safida ko‘rmoqchi. Ularda shuningdek, Ben Foster («Uotford») va Jo Xart («Byornli») kabi darvozabonlar nomzodi ham bor.
Bravo “Siti” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida bor yo‘g‘i 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 27 ta gol o‘tkazib yubordi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi shu oy o‘z nihoyasiga etadi va u yangi jamoasiga erkin agent sifatida tekinga borib qo‘shilishi mumkin.
Fikrlar