Uning sharti "Tottenxem"ga yoqmayapti. Endi nima bo‘ladi?

  • 23 may, 2020, 09:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" klubi rahbariyati himoyachi Yan Vertongenga yangi shartnoma taklif qilishga shoshilmayapti. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 33 yoshli belgiyalik futbolchi “shporlar” bilan bir oydan so‘ng yakunlanadigan shartnomasini haftasiga 70 ming funt maosh bilan 2 yilga uzaytirishni xohlamoqda. Ammo, klub rahbariyati bunga rozi bo‘lmayapti.

Vertongen “Tottenxem” safida 2012 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 26 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!