
Uolker: "U juda iflos jang qiladi"
UFCning yarim og‘ir vazn toifasi vakili braziliyalik Jonni Uolker (21:7) Magomed Ankalaev bilan bo‘ladigan jang oldidan raqibining jang uslubini haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Raqibimga achinaman. U juda iflos jang qiladi, va u oxirgi jangda ham noqonuniy zrba berib buni isbotlagandi. Oxirgi jangimdan keyin xafa bo‘ldim, lekin 2024 yilda kamarni uyga olib kelaman”, - dedi UFC jangchisi Jonni Uoker.
Eslatib o‘tamiz, Uolker va Magomed Ankalaev o‘rtasidagi jang 15 yanvarga o‘tar kechasi Las-Vegasda (AQSh) bo‘lib o‘tadigan 2024 yildagi ilk UFC turnirida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar