Usmon Nurmagomedov uchun eng qiyin raqib kim?
Taniqli murabbiy Xavyer Mendes Professional Fighters League chempioni Usmon Nurmagomedovga jiddiy raqobatni faqat uning jamoadoshlari tug'dira olishini ta'kidladi.
"Usmon uchun eng qiyin raqib kim ekanini bilmayman. Balki bu — faqat o'z jamoadoshlaridir", — dedi Mendes "Chempionat" muxbiri Maksim Yakovlevga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Usmon Nurmagomedov ayni paytda yigirma sakkiz yosh. U professional faoliyatini 2017 yilda boshlagan, 2024 yildan beri Professional Fighters Leagueda ishtirok etmoqda. Rossiyalik oxirgi jangida britanlik Alfi Devisni bo'g'ish usuli bilan mag'lub etgan edi.
Zeboniso Hamidova tayyorladi
Fikrlar