Usmon Toshev: "Sizga Rossiya terma jamoasi murabbiyi to‘g‘ri aytibdi..."

  • 30 oktabr, 2022, 11:14
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Ma’lumki, ayni paytda O‘zbekiston hamda Rossiya terma jamoalarining o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Agar bu rostdan o‘z tasdig‘ini topsa, yaxshigina ajiotaj bo‘lishi aniq.

Biz ham mazkur bellashuvning tashkil etish ehtimollari qanchalik ekanligi yuzasidan jurnalistik surishtiruvlar o‘tkazishga intilyapmiz.

Kuni kecha Rossiya terma jamoasining murabbiylar shtabida ishlayotgan Vitaliy Kafanov bilan bog‘lanib, undan bo‘lajak bahs haqida so‘raganimizda rejalashtirilyapti, degan javobni aytgan va endi bundan xabardorsiz. Chunki bu xususida saytimiz orqali yozib o‘tdik.

toshev1

Mavjud vaziyatdan kelib chiqib, biz o‘zimiznikilarning ham bu boradagi javobini eshitishimiz juda muhim edi. Chunki muzokaralar hozir qay darajada yoki ikki tomon kelishuvga erishib bo‘lganmi? Hozircha rasman tasdiqlanmagan, faqat bo‘lishi mumkin deyilyapti. Shulardan kelib chiqib, biz O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining terma jamoalar bo‘limida faoliyat olib borayotgan mutaxassis Usmon Toshev bilan bog‘landik.

- Usmon Qudratovich, oxirgi paytlarda O‘zbekiston hamda Rossiya terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etilishi borasida xabarlar tarqaldi. Bu masala bo‘yicha Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyining yordamchisi bilan aloqaga chiqqanimizda, rejalashtirilyapti dedi. Bu o‘yinni amalda tashkil etish imkoniyatlari qanday?

- Biz ham gaplashyapmiz. Ayrim masalalar borki, ularni maslahatlashib olishimiz kerak. Lekin muzokara ketyapti, 20 noyabrda o‘ynamoqchimiz. Bir-ikkita punktlar hal bo‘lsa, o‘yin bo‘ladi. Ular bilan muzokara davom etyapti. Tashkiliy masalalarda ayrim savollar bor, hammasini hal qilib olsak...Hali vaqtimiz bor. Nasib bo‘lsa, Rossiya terma jamoasiga qarshi Toshkentda o‘yin bo‘lishi mumkin.

- Shuningdek, Bosniya va Gertsegovina termasiga qarshi ham uchrashuv tashkillashtirilishi mumkin, deb eshitdik...

- Yo‘q, bunday emas. 16 noyabrda Qozog‘iston bilan o‘ynaymiz. Rossiyaliklar bilan yuqorida aytgan ayrim punktlarni kelishib olsak, 20 noyabrda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkaziladi. Sizga Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyining yordamchisi to‘g‘ri aytibdi, hozircha muzokara olib borilyapti.

toshev

- Demak, katta ehtimol bilan o‘yin o‘tkazilishi mumkin ekan-da?

- Ha, shunday.

Ko‘rib turganingizdek, biz O‘FAdan ham nihoyat, hammani qiziqtirib kelayotgan mavzu bo‘yicha munosabat oldik. O‘zingiz guvoh bo‘lganingizdek, O‘zbekiston – Rossiya terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi mumkin. Ammo eslatib o‘tamiz, hali bu tasdiqlanmagan. Chunki Usmon Toshev aytganidek, muzokaralar ketyapti va o‘zaro til topishish va kelishuvga erishish uchun ayrim punktlarni hal qilish qolgan. Bizningcha, tez orada barcha masalaga uzil-kesil oydinlik kiritiladi.

Shuhratbek Jo‘raev.

Rossiya MTJ murabbiyi O‘zbekistonga qarshi ehtimoliy o‘yin haqida: "Rejalashtirilyapti" yoxud Valeriy Karpin SPORTS.UZ saytiga nima degandi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
араббаевич давлат
30/10/2022 11:23
Россия билан ўртоқлик ўйини ....... ФИФА ва УЕФАни санкциялари бизда футболни ривожланишига таъсир қиомасмикиню