
Utkin Jaloliddinov haqida: Bu juda sharmandali holat
Mashhur sharhlovchi Vasiliy Utkin Jasur Jaloliddinovning "Lokomotiv" bilan shartnomasini bekor qilganiga munosabat bildirdi:
"Albatta, Jasur Jaloliddinov va "Loko" o‘rtasidagi butun voqea juda sharmandali holat. Yuriy Belousning qo‘li tekkan barcha narsa singari, uning komissiyasi ham ushbu ajoyib bitimning yagona foydasi bo‘lib qoldi", - deya yozdi Utkin "Telegram" sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, "temiryo‘lchilar" hamyurtimiz bilan o‘tgan yozda shartnoma imzolagandi. O‘zbekistonning eng iqtidorli yarim himoyachilaridan biri, "The Guardian" nashri tomonidan 2002 yilda tug‘ilgan dunyo futbolining 60 ta iste’dodi sirasiga kiritilgan Jaloliddinov "Lokomotiv" safida birorta o‘yinda maydonga tushmadi va "Tambov"ga ijaraga berib yuborildi.
Fikrlar