UZ Football Awards. “Eng yaxshi yosh futbolchi” sovrini uchun nomzodlarning yakuniy uchligi e’lon qilindi (Foto)
Yil davomida o‘zini har jihatdan namoyish etgan holda futbolimiz jamoatchiligi e’tirofiga sazovor bo‘lgan futbolchi, futzalchi, murabbiy hamda yana ko‘plab futbol jonkuyarlarini taqdirlash maqsadida O‘FA hamda O‘zPFL mavsum yakunlariga bag‘ishlab yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi – UZ Football Awards tadbirini o‘tkazadi.
UZ Football Awards marosimi joriy yilning 25 dekabr kuni ZO’R TV ning Renaissance Hall tantanalar zalida bo‘lib o‘tadi.
Tashkilotchilar nominatsiyalar bo‘yicha nomzodlarni e’lon qilib bormoqda. Endi esa bu yil O‘zbekistonning “Eng yaxshi yosh futbolchisi” sovriniga nomzodlarning kuchli (yakuniy) uchligi bilan tanishing:

• Hojimat Erkinov (O‘zbekiston milliy hamda U-23 terma jamoasi va “Paxtakor”)
• Diyor Xolmatov (O‘zbekiston U-23 terma jamoasi va “Paxtakor” )
• Husain Norchaev (O‘zbekiston milliy hamda U-23 terma jamoasi va “Nasaf”)
Eng ko‘p ovoz to‘plagan g‘olib nomi yil yakunlariga bag‘ishlangan taqdirlash marosimida e’lon qilinadi.
Fikrlar