Vadim Abramov: "Keyingi turda bizni muhim o‘yin kutib turibdi"

  • 24 sentabr, 2023, 22:28
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro liga 18-turi doirasidagi «Dinamo» - «Xorazm» (4:0) o‘yinidan keyin dastlab Vadim Abramov g‘alabali o‘yin borasida fikrlarini bildirdi.

«O‘yinga to‘g‘ri yondashgan futbolchilarimdan minnatdorman. Dastlabki daqiqalardan maydonda ustunlik qildik va 20 daqiqa ichida chiroyli gollar kiritdik. Ammo ikkinchi bo‘lim boshida o‘yinga kirishib ketish qiyinroq bo‘ldi. Shunga qaramay, yirik g‘alabaga erishdik.

Ha, aksariyat o‘yinchilar tarkibda yo‘qligi uchun bugun rotatsiyaga qo‘l urdik. 3 futbolchida kartochkalar soni ko‘pligi bois, o‘yinni o‘tkazib yuborishdi. Ularning o‘rniga maydonga tushirgan o‘yinchilarimiz ishonchni oqlashdi. Yosh o‘yinchilar ham gol urishdi, ularning harakatidan qoniqdim.

Keyingi turda bizni Qo‘qonda muhim o‘yin kutib turibdi. Bu bahsda 2-o‘rin uchun kurash kechadi. Endi bor e’tiborimiz o‘sha o‘yinga qaratiladi», - deydi Vadim Karlenovich o‘yindan keyin.

“Dinamo” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!