
Vadim Abramov: Saudiya Arabistoni bu turnirda ustunlikka ega
Xabaringiz bor, ertaga JCh-2022 saralash bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Singapur terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tadi. Bugun mazkur bahs oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida bosh murabbiyimiz Vadim Abramov jurnalistlarning savollariga javob berdi.
"Birinchi o‘yinimizni kutyapmiz. Bu yangicha formatdagi turnir. Biz oldindagi o‘yinlarga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Ancha vaqt rasmiy o‘yinda maydonga tushmadik. Albatta, Saudiya Arabistoni bu turnirda ustunlikka ega. Lekin hammasi o‘z qo‘limizda. Bu futbol. Imkoniyat 50/50. Saudiyagacha yana ikkita uchrashuvimiz bor. Ushbu bahslarda ham g‘alaba qozonishimiz kerak.
Yo‘qotishlar yo‘q va hamma sog‘-salomat. Faqat Oybek Bozorovda diskvalifikatsiya bor", - dedi murabbiy.
O‘zbekiston va Singapur terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuv Toshkent vaqti bilan ertaga 23:00da start oladi.
Fikrlar