
Valverde “Atletiko”ga qarshi maydonga tushishi so‘roq ostida!
“Real Madrid” yarim himoyachisi Federiko Valverde jarohat sabab, “Atletiko Madrid”ga qarshi maydonga tusha olmasligi mumkin.
Xabaringiz bor, UEFA Chempionlar ligasining pley-off bosqichida Madridning ikki grand klubi to‘qnash keladi. Ushbu bellashuv 4 martdan 5 martga o‘tar kechasi soat 01:00 da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
“Relevo” nashrining ma’lumotiga ko‘ra, urugvaylik yarim himoyachining tizzasidagi jarohati hali hamon bezovta qilmoqda. Shu bois, Karlo Anchelotti boshchiligidagi murabbiylar shtabi Valverdeni xavf ostiga qo‘yishmoqchi emas. Shunday bo‘lsa ham, Federiko derbida maydonga tushib, jamoasiga yordam berishni xohlamoqda.
Ma’lumot o‘rnida, 26 yoshli xavbek so‘nggi 3 ta (“Jirona”, “Real Sosedad”, “Betis”) ga qarshi uchrashuvlarda “qirollik klubi”ga yordam bera olmadi.
Fikrlar