
Valverde Grizmanning debyut o‘yinidan so‘ng u haqda nimalar dedi?
"Barselona" klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde bugun bo‘lib o‘tgan "Chelsi"ga (1:2) qarshi o‘yindan so‘ng jamoaning yangi hujumchisi Antuan Grizmann haqida to‘xtalib o‘tdi. Ta’kidlash kerakki, frantsiyalik futbolchi bugun kataloniyaliklar safidagi debyut uchrashuvini o‘tkazdi.
“Grizmann hali yangi jamoaga moslashib olishi kerak. Biroq, ushbu o‘yindan xulosa qilish mumkinki, to‘p unga kelishi bilan xavfli vaziyat yaratishga urunmoqda. Antuan endigina 1ta o‘yin o‘tkazdi. Biz esa undan ko‘p narsa kutyapmiz. U yaxshi xarid bo‘ldi”, - deydi ispaniyalik mutaxssis.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” Grizmanni 120 million evro evaziga “Atletiko” Madriddan sotib oldi.
Fikrlar