Valverde: Messiga teng keladigan futbolchi yo‘q

  • 5 mart, 2018, 13:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde kecha La Liganing 27-turida "Atletiko" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng jamoaga ushbu muhim uch ochkoni keltirgan gol muallifi -Lionel Messi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Dunyoda Messiga teng keladigan futbolchi yo‘q. Agar u "Atletiko" safida o‘ynaganida bugun nimalar bo‘lishini tasavvur ham qila olmayman. 

Bugun madridliklarda golli vaziyatlar deyarli bo‘lmadi. Bu haqiqiy g‘alaba. Biz chempionlik uchun muhim qadam tashladik, biroq oldinda yana ko‘plab o‘yinlar bor", - deydi Valverde.

Eslatib o‘tamiz, kechagi g‘alabadan so‘ng "Barselona" o‘zining eng yaqin ta’qibchisi hisoblangan "Atletiko"dan 8 ochkoga ilgarilab ketdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!