
Varan Italiya klubi bilan muzokaralarni boshladi
Bir necha kun oldin "Komo"ning Rafael Varanga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Endi tomonlar muzokaralarga kirishdi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, ushbu transfer ustida Sesk Fabregasning o‘zi ishlamoqda. Ayni paytda frantsiyalik himoyachi Italiyada bo‘lib turibdi.
Varan erkin agent sanaladi. U yakuniga etgan mavsumda "Manchester Yunayted" bilan xayrlashgandi.
Fikrlar